Universitetlarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda Koreya tajribasi
Hurmatli professor-o’qituvchilar va tinglovchilar!
Sizlarni Koreya startap va tadbirkorlikni rivojlantirish instituti (KISED) va Koreyaning Sunchxunxyan (Soonchunhyang) universiteti yetakchi ekspertlari ishtirokidagi “Universitetlarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda Koreya tajribasi” mavzusidagi amaliy seminarga taklif etamiz.
Seminardan maqsad:
Oliy ta’lim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirishning Koreya tajribasi bilan tanishish;
Universitetlarda yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali innovatsion kompaniyalarni tashkil etishga ko‘maklashish;
Oliy ta’lim muassasalarida mavjud biznes-inkubator va innovatsion markazlar salohiyatini yanada oshirish.
Seminar koreys va o‘zbek tilida olib boriladi.
Sanasi: 2024-yil, 23 – aprel
Vaqti: 10:00
Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (1-qavat)
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi