«IKKI DIPLOMLIK» XALQARO MAGISTRATURA DASTURI (O'ZBEKISTON - ITALIYA)
O'zbekiston fuqarolarida bir vaqtning o'zida ikkita to'liq magistratura diplomini olish imkoniyati paydo bo'ldi. O'zbekiston va Italiya ta'lim muassasalari "Global loyiha boshqaruvi" mutaxassisligi bo'yicha Ikki diplomlik dasturini ishga tushirishlari to'g'risida e'lon qilishdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi va Milan Politexnika Universiteti Oliy biznes maktabi (MIP) bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan bunday yuksak darajadagi ta’lim loyihasi, albatta mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Ushbu dasturning afzalliklaridan foydalanib, talabalar jahon miqyosida e'tirof etilgan magistr darajasini olishlari mumkin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Milan Politexnika Universiteti Oliy biznes maktabi EQUIS, AMBA, EOCCS, ASFOR kabi xalqaro akkreditatsiyalariga ega bo'lgan dunyodagi eng nufuzli biznes maktablaridan biridir. Bir so’z bilan, Milan Politexnika Universiteti (MIP) oliy biznes maktabi Italiyada xududida eng yaxshi biznes maktab maqomiga ega.
Bugungi kunda Oliy maktab mamlakatdagi etakchi ta'lim muassasаlaridan biri bo'lib, davlat boshqaruv idoralari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha yagona davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi.
O’quv jarayonining birinchi semestri Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hududida bo'lib o'tadi, unda magistratura tinglovchilari uchun mahalliy va xorijiy o'qituvchilar dars berishadi. O'z navbatida, ikkinchi semestr Milan Politexnika Universiteti Oliy biznes maktabida (MIP) bo'lib o'tadi.
Dastur bo’yicha o'qish yakunlariga ko'ra, talabalar ikki oliy o'quv yurtining to'liq magistratura diplomlariga ega bo’ladilar.
- Milan Politexnika Universiteti Oliy biznes maktabi (MIP) tomonidan "Global loyiha boshqaruvi" mutaxassisligi bo'yicha magistrlik darajasi beriladi.
- Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi tomonidan "Loyiha boshqaruvi" mutaxassisligi bo'yicha magistrlik darajasi beriladi.
Loyiha boshqaruvi yo’nalishida boshqaruv kadrlarini tayyorlashning birgalikdagi tajriba orqali, magistrantlar biznes muhitida professional va yuksak cho’qqilarni zabt erishishlari mumkin.