Germaniya tajribasi bilan tanishmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda Economic Cooperation in Green Technologies mavzusida Partnering in Business with Germany dasturiga tanlov e’lon qiladi.
Dasturdan ko‘zlangan maqsad - O‘zbekistonda kichik va o’rta biznes vakillarini Germaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ko’maklashish, shuningdek, xalqaro menejment va biznes sohasida boshqaruv ko’nikmalari va malakalarini oshirishdan iborat.
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:
➖ rahbarlik lavozimida ishlashi
➖ oliy ma’lumotga ega bo‘lish
➖ ingliz tilini mukammal bilish
➖ rahbar lavozimidagi ish tajribasi 3 yildan oshiq bo‘lishi
➖ germaniyalik biznes vakillari bilan hamkorlik loyihasining mavjudligi yoki yangi loyihalar bo‘yicha aniq g‘oyalarga ega bo‘lish.
Dastur bosqichlari:
➖ tayyorlov bosqichi (ariza, skrinning, suhbat)
➖2 hafta onlayn trening (2 kuni oflayn workshop)
➖6 hafta onlayn va Germaniyada 2 haftalik trening
➖olingan bilimlarni amaliyotga joriy etish - 6 oy
➖Networking tadbiri - 2 kun
➖dasturdan keyingi tadbirlar
Rezyumelarni greenoffice@rgsbm.uz elektron pochtasi orqali yuborilishi so‘raladi.
Batafsil ma'lumot: https://t.me/marat400
Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.
Dastur va ariza shakli veb-saytimizga joylangan!