• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O‘zbekistonda kapital bozorining rivojlanishi: muammolar va istiqbollar

9 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Oʻzbekistonda kapital bozorining rivojlanishi: muammolar va istiqbollar” mavzusida qiziqarli ma'ruza boʻlib oʻtdi.

Ma'ruzachi — “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili. U Oʻzbekistonda kapital bozori faoliyatining asosiy jihatlari haqida gapirdi.

Tadbir ishtirokchilarga Oʻzbekistondagi dinamik moliya va sarmoya olami bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyatlar taqdim etadi. Ma'ruza quyidagi asosiy mavzularni qamrab oldi:

  • Oʻzbekiston iqtisodiyotida kapital bozorining rivojlanish funksiyalari va oʻrni;
  • Kapital bozorining rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar;
  • Kapital bozorining kelajagini shakllantiruvchi vositalar va innovasiyalar;
  • Investorlar va tadbirkorlar duch keladigan imkoniyatlar va muammolar.

Georgiy Paresishvili Oʻzbekistonda kapital bozori faoliyatining asosiy jihatlariga batafsil toʻxtalib oʻtib, iqtisodiyotning ushbu segmenti duch kelayotgan muammolarga e'tibor qaratdi. Shuningdek, kapital bozorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, bu respublikadagi mavjud iqtisodiy vaziyatni hisobga olinganda dolzarb masaladir.

Ma'ruza interaktiv shaklda tashkil etilgan boʻlib, ishtirokchilarga savollar berish hamda moliya va sarmoyalar olamiga chuqurroq kirib borish, shuningdek, moliyaviy menejment va sarmoya koʻnikmalarini rivojlantirish imkonini taqdim etdi.

Bunday tadbirlar talabalar hamda ishtirokchilarimizga Oʻzbekistondagi moliya va sarmoyaning murakkab jihatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.