• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 8-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, hududiy filiallar rahbarlari, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi. mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi, uchrashuvni Oliy maktab direktorining birinchi o‘rinbosari – Shaxrux Sharaxmetov tomonidan ochib berildi.

Uchrashuvda oliy maktabining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan o‘zaro hamkorlik memorandumining asosiy maqsadi va amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu yig‘ilishda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bo‘lim boshlig‘i Z.Jo‘rayev so‘zga chiqib, ushbu platforma haqida to‘liq ma’lumot berdi va kelajakda hamkorlik bo‘yicha markazda va hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish taklifi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutaxassisi I.Musayeva tomonidan “Kasbiy ta’lim” tizimining muhim jihatlari yoritib berildi. Tizimdagi 55 ta yo‘nalishdagi qisqa muddatli o‘quv-seminarlarini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida, hududiy filiallarda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va hududiy filiallari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi