• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktab doktorantlarining Xandong Global universiteti professorlari bilan onlayn uchrashuv

Joriy yilning 19-yanvar kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktab doktorantlarining Xandong Global universiteti professorlari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Xandong Global universiteti professorlarini doktorantlarimiz va ularning ilmiy tadqiqot mavzulari bilan dastlabki tanishtirishga bag'ishlandi. Uchrashuv Xandon universitetining tajribali professor-o‘qituvchilaridan doktorantlarimiz uchun ilmiy yo‘riqnomalarni o‘z ichiga olgan samarali hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi.

 Joriy yilning fevral oyida doktorantlarimiz Xandong Global universiteti professorlarining tashrifi davomida qimmatli bilim va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu muhim tadbir doktorantlarimizning ilmiy ishlarida muvaffaqiyat qozonishlari va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yangi marralarni zabt etishlariga yordam beradi.