• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

PERSONALNI BOSHQARISH (HR menedjer)

Oquv kursi tashkilot va korxonalarda inson resurslarini boshqarishga ixtisoslashgan oliy, o’rta va professional ma’lumotga ega bo’lgan mutaxasislar uchun moljallangan.

Oquv kursining maqsadiasosiy tamoyili xodimlarni boshqarish va olingan tajribalarni amaliyotda qo’llash bo’lgan korxonalarda faoliyat yuritayotgan mutaxasis – amalilyotchilarni malakasini oshirish, hamda iqtisodiyotda zamon talablariga javob beradigan darajada xodimlarni samarali boshqarishni o’rganishda qo’shimcha tizimli bilimlarni olish. 

Oquv kursi vazifalari:

  • Inson resurslarini boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish;
  • Amaliyotda boshqaruvning ilmiy asoslarini ijodiy ishlatish tushunchasini shakllantirish;
  • Inson resularini boshqarishda yuzaga keladigan xo’jalik vaziyatlarda o’zini tutish tajribasini rivojlantirish;
  • Boshqaruv faoliyatida potensial imkoniyatni yuzaga chiqarish.

O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Korporativ boshqaruvga kirish;
  • Xodimlar bilan ishlash tizimi;
  • Xodimlarni tanlashning zamonaviy tartibi;
  • Korxonalarda xodimlarga baho berish va ularni joylashtirish;
  • Xodimlarni moslashish tizimi;
  • Xodimlarni o’qitish va rivojlantirish tizimini ishlab chiqish;
  • Xodimlar bilan ishni tashkil qilish;
  • Xodimlarni rag’batlantirish va motivatsiya berish tizimi;

O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: xodimlarni boshqarishning asosiy ilmiy tushunchalari; xodimlarni boshqarishning asosiy muntazamligi; xizmat munosabatlaridagi etika; xodimlarni boshqarishning usul va tamoyillari; xodimlarni rivojlantirishning asosiy strategiyasi; xodimlarni boshqarishni tashkil qilishning asosiy omillarini ishatish qobiliyati; xodimlarni boshqarishni tashkil qilishning turli xil usullarini ishatish qobiliyati; xodimlarni boshqarishda turli xil texnologiyalarni ishlatish qobiliyati, professional faoliyatni rejalashtirish, xizmat etiketi mahorati, shaxslararo muloqot tizimini shakllantirishning usullari va turlari.      

O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

O’quv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 56 auditoriya o’quv soati
Muddati: 7 kun
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni:  25-30 ta

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling