• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

“Ikki diplom” xalqaro dasturi

O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Adju universiteti hamkorligida IT Business magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreya Respublikasining Adju Universiteti bilan hamkorlikda 2023-2024-oquv yili uchun “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturi asosida “IT Business” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul e’lon qilmoqda.

Ta’lim kunduzgi shaklda bo‘lib, birinchi oquv yili (1 va 2-semestrlar) Ozbekistonda, ikkinchi oquv yili (3 va 4-semestrlar) Koreyada davom etadi. Dastur yakunida tinglovchilar Adju universitetining “IT-Busines” va Oliy maktabining “Biznesni boshqarish” (MBA) magistri diplomlarini oladilar. Qo‘shma ta’lim dasturining (dual degree) bir yillik o‘qitish qiymati 4 000 AQSH dollari hajmida belgilangan.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt

e-tinglovchi.gsbe.uz

orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • o‘qitish xarajatlarini qoplab beradigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining birinchi rahbarlari imzosi qo‘yilgan o‘qitish uchun kafolat xati;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • pasport yoki ID karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha
    72 balldan kam bo‘lmagan darajada xalqaro sertifikatlar.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2023-yilning 14-iyulidan 2023-yilning 20-avgustigacha (shu kuni soat 22:00 ga qadar).

Qabul komissiyasining ishlash jadvali: Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Telefonlar: +99871-239-03-17, +99871-239-03-15

 

Hujjat topshirish