• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Oliy Maktab qabuli

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

magistraturasiga 2023-2024 - o‘quv yili uchun qishki qabul boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2023-2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga: “Global menejment”, “Moliya”, sohalari bo‘yicha Biznesni boshqarish (MBA) va “Loyiha boshqaruvi” (PM) magistratura mutaxassisliklariga qishki qabul e’lon qilmoqda. Barcha magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish muddati 1,5 yil hamda bir yillik kontrakt to‘lovi miqdorini 22 000 000 so‘m qilib belgilangan.

Barcha magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish muddati 1,5 yillik kontrakt to‘lovi miqdorini 33 000 000 so‘m qilib belgilangan.

Magistaraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktab qabul komissiyasiga maxsus sahifa http://e-tinglovchi.gsbe.uz orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

-           davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

-           oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

-           pasport yoki ID karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

-           ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: oliy ma’lumotga va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo‘lgan (o‘qitishning faqat kunduzgi ta’lim shakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri)2023-yilning 15-dekabridan 2024-yilning 15-yanvarigacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning http://e-tinglovchi.gsbe.uz veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Telefonlar: +998-71-239-03-17, + 99871-239-03-15

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy