• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Global Management(Master of Business Administration – MBA)

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) dasturi barcha soha va yo'nalishlar uchun oliy va yuqori malakali rahbar kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik  muhitining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan  innovatsion amaliy dasturdir.

Kimlar uchun? 

Dastur mutaxassislar, tadbirkorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, iqtisodiy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan universitet bitiruvchilari uchun mo'ljallangan.

 Dasturning maqsadi:

- Zamonaviy biznes modellarini o'rganish;

- O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;

- Biznes boshqaruvida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;

- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;

- Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga  jalb etish;

- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;

- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

 Qabul to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Бизнес ва тадбиркорлик олий мактабига қабул бўйича маълумот

Мутахассислик коди Мутахассислик номи Ўқиш муддати Таълим шакли Қабул вақти

Контракт суммаси

(сўм)

70411302  Global Management(Master of Business Administration – MBA)

1,5 йил

Кундузги

Сиртқи

Қабул комиссияси:

 Июль-Август

Ўқиш бошланиш вақти: Сентябрь

22 000 000   (1 йил)

33 000 000 (1,5 йил)

Номзодларга қўйиладиган талаблар:

- Олий маълумотга ва олий таълим муассасасини тамомлагандан кейин камида уч йил иш стажи;

- 45 ёшгача (ёш чегараси фақат кундузги таълим шакли учун).

 

Қабул синовлари тартиби:

- Суҳбат (умумий меҳнат фаолияти бўйича);

- ДТМ томонидан тест синовлари (мутахассислик ва инглиз тилидан).

Инглиз тилидан имтиёз берилиши:

- CEFR бўйича Б2;

- IELTS бўйича 5,0 балл;

- TOEFL бўйича 72 баллдан кам бўлмаган даражада.

 

Талаб этиладиган ҳужжатлар:

Магистратурага кириш истагини билдирган номзодлар комиссияга веб-сайт орқали Олий мактаб директори номига қуйидаги ҳужжатларнинг нусхаларини илова қилган ҳолда ариза билан мурожаат қилади:

- давлат бошқаруви органлари, хўжалик бирлашмалари, нодавлат нотижорат ташкилотлари ва тадбиркорлик субъэктлари биринчи раҳбарларининг имзоси қўйилган тавсия хати;

- олий маълумот тўғрисидаги ҳужжатнинг нусхаси;

- 4х6 ўлчамдаги рангли фотосурат;

- паспорт (имтиҳон вақтида асл нусхаси тақдим этилади);

- инглиз тилини билиш даражасини тасдиқловчи белгиланган намунадаги ҳужжат/сертификат (агар мавжуд бўлса).

 

Ўқишга ҳужжат топшириш:

Электрон шаклда Олий мактабнинг веб-сайти орқали амалга оширилади.