• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Koreya Respublikasining Adju universiteti hamkorligidagi “Ikki diplom” qo‘shma dastur bo‘yicha ochiq mahorat darsi

Ochiq mahorat darsi joriy yilning 17-aprel kuni Oliy maktabi professor-o‘qituvchisi Min Young Hun va Toshkent shahridagi Adju universiteti koreys tili kafedrasi mudiri Park Sang Woo tomonidan o‘tkazildi. 

Oliy maktab va Adju universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturi faoliyati va istiqbollari hamda dastur doirasida tinglovchilarning Koreya Respublikasida ta’lim olishi va o‘quv amaliyoti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun : O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022-yil 17-noyabr kuni, Oliy maktabida, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida mamlakatimizda ilk bor va birinchilardan bo‘lib Oliy maktabi va Koreya Respublikasining Adju universiteti bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari sohasida Biznes boshqaruvi (IT Business) mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) halqaro magistratura dasturi o‘childi.

Ushbu qo‘shma ta'lim dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘qitishning 1-kurs Oliy maktab binosida (O‘zbekiston), va 2-kurs Adju universiteti hududida (Koreya Respublikasi) bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturning afzalliklaridan foydalanib, tinglovchilar jahon miqyosida e’tirof etiladigan “ikki diplom” (dual degree) magistr darajasini olishlari mumkin.