• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

"Korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari va tamoyillari" mazusidagi qisqa muddatli o‘quv kursi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 noyabrdagi 679 sonli Qarorining ijrosini tam'minlash borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida  "Korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari va tamoyillari" mazusidagi qisqa muddatli o‘quv kursi 10 apreldan boshlanib, ayni damlarda ushbu o‘quv kursini O‘zbekistonda aynan korporativ boshqaruv sohasida taniqli olim iqtsodiyot fanlari doktori professor Suyunov Dilmurod Xolmuradovich boshlab berdi va darslarni samarali olib bormoqda.

Ko‘p yillik yuqori tajribaga ega bo‘lgan Professor D.X.Suyunov  tomonidan olib borilayotgan darslar ayni damda jaxon iqtisodiyotning globallashuv davrda korporativ boshqaruvning ilg‘or xorijiy modellari andozasidan foydalanib, mamlakatmizda olib  borilayotgan islohotlar, amaliyotda  sodir bo‘layotgan korporativ holatlar, muammolar va ularni ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali yechimini topish yo‘llari bo‘yicha olib borilmoqda.

Bugungi kundagi korporativ boshqaruvning samaradorilgini oshirishda Kuzatuv kengashining roli, fidusiar majburiyatlari, vakolatlari va javobgarligi, tashabuskorligi va ma'suliyatini oshirish  bo‘yicha ustozlar tomonidan ilmiy taklif va tavsiyalar berilyapti. Ushbu qisqa muddatli o‘quv kursida aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning  raxbarlari, rahbar o‘rinbosarlari va  mutaxassislari qatnashmoqda.

Darslarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar usulida hamda tinglovchilar talabidan kelib chiqib, onlayn va oflayn ko‘rinishida, interaktiv shaklda o‘tilishdan barcha tinglovchilar minatdor. Tinglovchilar o‘qish yakunida test topshirib Oliy maktabning sertifikatini oladilar va "Korporativ boshqauvchi malaka attestati"ni olishga davogor bo‘ladilar. Dars jarayonlari  davom qilinmoqda.