• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Sog‘liqni saqlash sohasidagi startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

2024-yil 8-oktyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi ishtirokida “Startup Evaluation: HealthTech Series” loyihasi doirasida sog‘liqni saqlash sohasida yosh startap tashabbuskorlarining startap loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari va tadqiqotchilari respublikada sog‘liqni saqlash kelajagini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarini taqdim etdilar. Tadbirda kasalliklarni zamonaviy davolashni tashkil etish, tibbiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha elektron platformalar, dori-darmonlardan foydalanish bo‘yicha mobil ilovalarni yaratish, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlash va o‘qitish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ta’lim loyihalari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan
12 ta startap loyihalar taqdim etildi.

Startap tashabbuskorlari Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “ASTRUM IT” akademiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Germaniyaning Kyoln Media, kommunikatsiya va boshqaruv sohasida amaliy fanlar universiteti (HMKW) va Oliy biznes maktabi kabi tashkilotlarining yetakchi biznes maslahatchilari, professorlar va soha mutaxassislaridan mentorlik maslahatlari, tavsiyalari va biznes yechimlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Startap loyihalar muhokamasi davomida ishtirokchilar respublikada sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va tibbiy xizmatlarning ommabopligi va yuqori sifatini ta’minlash uchun sun’iy intellekt, buyumlar interneti, dasturiy yechimlar, shuningdek, katta ma’lumotlarni qo‘llagan holda innovatsion texnologiyalarni yanada joriy etish muhimligini ta’kidladilar.

Xususan, xorijiy ekspert Martin Bekkenkamp Germaniyaning Kyoln Media, kommunikatsiya va boshqaruv sohasida amaliy fanlar universiteti (HMKW) professori e’tirof etishicha, sog‘liqni saqlash va tibbiy texnologiyalar sohasidagi startaplar O‘zbekiston tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin. Bunday tadbirlarni o‘tkazish talabalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirishga yordam beradi, ularni tibbiy xizmatlar sifatini sezilarli darajada yaxshilashi va sog‘liqni saqlashning ommabopligini oshirishi mumkin bo‘lgan yangi loyihalarni yaratishga ilhomlantiradi.

Tadbir yakunida ekspertlar startap loyihalarni yaratish bo‘yicha qimmatli biznes maslahatlari va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda loyihalar tashabbuskorlari bilan ularning startaplarini amalga oshirishni yanada qo‘llab-quvvatlashda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.