• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Yamagata oliygohining tadbirkorlikka o‘qitish va tadqiqotlar markazi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Yamagata oliygohining (Yaponiya) tadbirkorlikka o‘qitish va tadqiqotlar markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda direktorning moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Mirkomil Adilov, MBA kafedrasi mudiri – Dilmurod Suyunov, Biznes-inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi rahbari – G‘ofurjon Usmonov, “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va joriy etish” loyiha ofisi bo‘lim boshlig‘i – Rustam G‘ulomov, xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i – Aziza Muxamadiyeva, shuningdek, tadbirkorlikka  o‘qitish va tadqiqotlar markazi direktori – Tadashi Onodera, direktor o‘rinbosari – Tatsuhito Sugaoi hamda markazning O‘zbekistondagi vakili Dilafruz Ikramova ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tomonlar biznes-inkubatorlar va startap loyihalarni rivojlantirish, Oliy maktab xodimlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, hokim oʻrinbosarlari uchun yangi biznesni tashkil etish va rivojlantirish ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash va o‘qitishni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. 

Qo‘shma dastur asosida ta’lim dasturlarini hamda o‘quv kurslarini ishlab chiqish uchun Yaponiyadan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi. Yaponiya tomoni Oliy maktabni faoliyati va o‘qitish jarayoniga qiziqish bildirdi. 

Uchrashuv yakunlari boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish, biznes va startap loyihalarni ilgari surish, shuningdek, yakuniy muzokaralar asosida kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi