• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

  2024-yil 7-11-oktabr kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu kursda, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi tomonidan 50 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini yaxshilash, aholining real daromadlarini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu bois Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda va bu ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Ma’lumot uchun: Аholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etishga asos bo`ldi.

Shu bilan birga, kursning asosiy maqsadlaridan biri aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarida (yoshlar va xotin-qizlar) biznes nazariyasi va amaliyotini o‘rgatish orqali tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishdir.

Kurs davomida tinglovchilar quyidagi mavzularda malaka oshirishdi:

  • Yangi korxonani tashkil etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kompetensiyasi;
  • O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ya olish kompetensiyasi;
  • Biznes-rejasini ishlab chiqishni, kichik korxonani boshqara olish kompetensiyasi;
  • Xodimlarni tanlash va ularni boshqarish kompetensiyasi;
  • Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yurita olish kompetensiyasi.

Kurs yakunida tinglovchilar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan barcha qonuniy va me’yoriy hujjatlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi hamda ularga sertifikatlar taqdim etildi.