“TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINING SIFATINI OSHIRISH”
mavzusidagi o‘quv kursining
O‘QUV DASTURI
O’quv kursi tijoarat banklari kreditlash departamenti xodimlariga va banklar filiallarining kredit bo‘limi boshliqlari, xodimlariga mo‘ljallangan.
O’quv kursining maqsadi tijorat banklari xodimlarining kredit portfelining sifatini oshirish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini boyitish hisoblanadi.
O’quv kursi vazifalari:
- respublika bank tizimini isloh qilish yo‘nalishlarining mohiyatini ochib borish;
- tijorat banklarining kredit portfelini shakllantirish va boshqarish usullarini o‘rgatish;
- tijorat banklari kredit portfelining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bilan tanishtirish;
- tijorat banklari kreditlarining daromadliligi va risk darajalariga baho berish;
- tijorat banklari kreditlarini tasniflash va ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini shakllantirish tartibini o‘rganish;
- muammoli kreditlarni yuzaga kelish sabablari va boshqarish yo‘llari bilan tanishish;
- tijorat banklari mijozlarining kredit to‘loviga layoqatliligini baholash usullarini tahlil qilish;
- tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiya qilish imkoniyatlariga baho berish.
- tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini shakllanish mexanizmini o‘rganish va foiz stavkalarga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir darajasiga baho berish.
O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Tijorat banklarining kredit portfelini shakllantirish va boshqarish usullari;
- Tijorat banklari kredit portfelining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
- Tijorat banklari kreditlarining daromadliligi;
- Kredit portfelining riskliligi;
- Tijorat banklari kreditlarini tasniflash tartibi va ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi;
- Muammoli kreditlarni yuzaga kelish sabablari va ularni boshqarish yo‘llari;
- Mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholash usullari;
- Kredit riskini baholash va boshqarish;
- Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari va ularga ta’sir qiluvchi omillar.
O’quv shakli kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda
O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 20-25 ta