2021-yil Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga “Biznesni boshqarish - Master of Business Administration (MBA)” mutaxassisligiga tinglovchi sifatida o‘qishga qabul qilindim. Oliy maktabning ikki yillik magistraturasida o‘qitiladigan zamonaviy o‘quv-fanlari, mahorat darslari va mashg‘ulotlari meni qoil qoldirdi. Oliy maktabda ilmiy-nazariy bilim va ko'nikmalarimni yanada kengaytirishga hamda ularni o‘z ish faoliyatim, ya’ni “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga qo‘llashga harakat qilmoqdaman. Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari tomonidan darslar nazariya bilan amaliyotni chambarchas bog‘lab, olib borganligi bu sohada mening professional tajribamni yanada ortishiga ko‘pdan-ko‘p xizmat qildi. Oliy maktab professor-o‘qituvchilari ko‘magi bilan izlanishlarim natijasida 2023-yil “Korxonalarni fond bozori orqali moliyalashtirish masalalari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishimni muvaffaqiyatli a’lo darajada himoya qildim. Men Oliy maktab rahbariyati va professor-o‘qituvchilarining samarali sa’y- harakatlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
2021-yil Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga “Biznesni boshqarish - Master of Business Administration (MBA)” mutaxassisligiga tinglovchi sifatida o‘qishga qabul qilindim. Bugungi kunda kompaniyamizdan Oliy maktabda umumiy 50 nafarga yaqin rahbar-xodimlari o‘qib bitirgan. Men ularning tavsiyasiga ko‘ra o‘qishga kirgan edim. Haqiqatan ham Oliy maktabda zamonaviy bilimlarni oldim. O‘qish davrida zamonaviy korporativ va loyiha boshqaruvi, Strategik va operatsion menejment, O‘zgarishlarni boshqarish, Raqamli biznes boshqaruvi, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Biznesda davlat va xususiy sheriklik, Derivativlar, risklar va xedjirlash va boshqa xalqaro standartlardagi fanlarni chuqur o‘rgandim. Eng asosiysi professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab olib borilganligi juda yaxshi bo‘ldi. Bundan tashqari men o‘quv jarayonida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim va g‘oyalarimni amalga oshirishni o‘rgandim. Barcha kurslar keyslar shaklida bo‘lib, juda tushiunarli va qiziqarli qilib tuzilgan. Barcha ma‘ruzalar va mahorat darslari mazmunli, samarali bo‘ldi, men o‘z ishimda ko‘plab maslahat va tavsiyalardan albatta foydalanaman. Ma’lumotni taqdim etishning juda qulay shakli va o‘qitish shakli uchun hamda ish tajribasi bilan o‘rtoqlashayotgan professor-o‘qituvchilarga mehnatlari uchun katta rahmat. Oliy maktab rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bank rahbariyati tavsiyanomasiga asosan, 2021-yili Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining, “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA) mutaxassisligi 2 yillik kunduzgi dasturi bo‘yicha test va suhbat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, tinglovchilar safiga qabul qilindim. Bugungi kunda ushbu dargohni muvaffaqiyatli a’lo baholarga tamomladim. O‘qish davrida biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha respublikada yetuk bilimlarga ega bo‘lgan ustoz-murabbiylar, mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini, mahorat darslarini, maslahatlarini va tavsiyalarini berib o‘tishdi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida olgan bilim va ko‘nikmalarimni o‘z ish faoliyatimda hamda amaliyotda qo‘llayman. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbariyatiga, professor-o‘qituvchilariga o‘zimni minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. Oliy maktab yuksak salohiyatli ziyo maskani sifatida iqtisodiyotning turli sohalariga yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan, fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha keng tarmoqli fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan yetakchi o‘quv yurtlaridan biri sifatida mamlakatimiz ilm-fani, vatanimiz taraqqiyoti va istiqboliga munosib hissa qo‘shib kelishi uchun ulkan zafarlar tilab qolaman.
Hamkasblarimning tavsiyasiga binoan men Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga “Biznesni boshqarish (MBA)” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirdim va tamomladim. Men marketing menejmenti, korporativ boshqaruv, biznes jarayonlarini boshqarish, elektron tijorat, raqamli biznes va innovatsiyalar va boshqa mavzular kabi xalqaro fanlarni o‘rganish orqali o‘z bilim darajamni oshirdim. Maktabda olgan bilimlarim kompaniyamdagi biznes jarayonlarini takomillashtirishga, xodimlarni samarali boshqarishga va chet eldagi hamkorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri importni yo‘lga qo‘yishga yordam berdi O‘qish mobaynida tajriba va bilimlari bilan bo‘lishgan hamda bunga o‘z hissalarini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga, shuningdek, rahbariyatga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.