Yangiliklar

Nizolarni muqobil hal qilish orqali biznes nizolarni bartaraf etish imkoniyatlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 2024-yil 12\13-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Nizolarni muqobil hal qilish orqali biznes nizolarni bartaraf etish imkoniyatlari” mavzusida ikki kunlik o‘quv treningi tashkil etmoqda.

Treningning maqsadi xususiy sektor vakillarining tijorat, investitsiya va boshqa nizolarni mediatsiya va arbitraj usullaridan foydalangan holda hal qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. Mazkur tadbir biznesda nizolar va ularni ziddiyatsiz hal qilish jarayonlarini o‘rganishga jalb qilish, shuningdek, ishtirokchilarni mediatsiya va arbitraj bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyotlar bilan tanishtirishga qaratilgan.

Trening mavzulari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Nizolarni muqobil hal qilish;

- Mediatsiyaning asosiy ko‘nikma va usullari;

- Nizolarni hal etish strategiyalarini ishlab chiqish;

- Nizolarni hal qilishning xalqaro tamoyillari;

- Mediatsiya va arbitrajga tayyorgarlik;

- Arbitraj muhokamasi asoslari;

- Nizolarni hal qilishda samarali muzokaralar.

Trening o‘zbek-ingliz tillarida sinxron tarjima bilan olib boriladi.

Joylar soni cheklangan.

Treningda ishtirok etish uchun 2024-yil 10-noyabr qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ro‘yxatdan  o‘tish

Sana: 2024-yil 12 – 13-noyabr

Vaqt: 09:00-17:00

Telefon: +998 71 239 03 27

 

Kichik va o‘rta korxonalar vakillari, yuridik firmalar, faoliyat yuritayotgan mediatorlar hamda arbitrlarni biznes nizolari va kelishmovchiliklarni mediatsiya va arbitraj orqali samarali hal etish usullarini o‘rganishga taklif etamiz.