Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi doktorantura (DSc, PhD) uchun qabul e’loni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2025-yil uchun 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixstisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc), hamda 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”, 08.00.15 – “Kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti” ixstisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc, PhD) qabul davom etadi.
Tayanch doktorantura (PhD), doktoranturaga(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjatlar 2024-yil 10-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Innovatsion rivojlanish agentligi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.
Veb-sayt: https://rgsbm.uz
Tayanch doktoranturaga (PhD) qabul qilish uchun hujjatlar ro‘yxati:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Eslatma: Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1–25-noyabr davrida o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning imtihon natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
- magistraturani a’lo baholar bilan tamomlaganlar;
- mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
- jurnallarda, shu jumladan, xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar.
Tayanch doktoranturaga ajratilgan kvota miqdori – 4 ta.
Doktoranturaga (DSc) qabul qilish uchun hujjatlar ro‘yxati:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Eslatma: Doktoranturaga (DSc) quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Bir necha talabgorlarning doktoranturaga suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
- 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
- mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
- monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar;
- dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar.
Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar qabul komissiyasi tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1–25-noyabr davrida o‘tkaziladi.
Doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning suhbat natijalaridan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
Doktoranturaga ajratilgan kvota miqdori- 1 ta.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul qilish uchun hujjatlar ro‘yxati:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diploma yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diploma nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Eslatma: Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
- belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi talabgorlarning suhbat natijalaridan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.