• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 01-mart kuni Oliy biznes va tadbirkorlik maktabida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA ning Iqtisodiy rivojlanish departamenti Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari AYZU Naho xonim  boshchiligida va O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: JICA Oliy maktab bilan ko‘p yillar davomida (2004-yildan) ko‘ngillilik asosida hamkorlik qilib keladi. Jumladan, JICA turli faoliyat sohalaridan ko‘ngilli ekspertlarni Oliy maktabda dars berish uchun taqdim etib kelmoqda.

Uchrashuv davomida  tadbirkorlik sohasidagi ta'lim salohiyati masalalari shuningdek, Oliy maktabga  Yaponiyadan biznes-murabbiylarni jalb qilgan holda biznes sohasida qo‘shma ta'lim dasturlari, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.