• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va yuritishning iqtisodiyotdagi ahamiyati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tinglovchilar ishtirokida “Tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va yuritishning iqtisodiyotdagi ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.

Anjumanda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti – Quvondiq Sharipov tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan vazifalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Hozirgi kunda Respublikada milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishga katta e’tibor qaratilgan, raqamli texnologiyalar orqali tadbirkorlik subyektlarining muammolari bilan ishlash tizimini modernizatsiyalash, shuningdek, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirib borilmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish va uni yuritish kabi mavzularni ko‘rib chiqdilar, bundan tashqari, tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, uning ishtirokchilarini harakatga undovchi faoliyat hisoblanishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, mahorat darsida iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznesni o‘rniga alohida e’tibor qaratildi, kichik biznes katta miqdordagi kapitalni talab qilmasligi, ishsizlik muammosini hal qilishi va o‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirishda muayyan afzalliklarga ega ekanligi qayd etildi.

Anjuman yakunida tinglovchilar kichik biznes va tadbirkorlik bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi hamda yangi bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishidi.