• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi, Fransiya taraqqiyot agentligi, Fransiyaning “CITEPA” tashkiloti bilan hamkorlikda “Issiqxona gazlari inventarizatsiyasi hamda Milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (RISQ) bo‘yicha salohiyatni oshirish” mavzusida o‘quv-seminar boshlandi.

 

 

O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–213-sonli qarorining 4 - bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

O‘quv-seminarda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panel yo‘riqnomalarining tatbiq etish, iqlim xavfini tahlil qilish, baholash va monitoring qilish hamda milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasidan foydalanish kabi mavzular yoritiladi.