• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Tinglovchilikka nomzodlar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining  qabul komissiyasi qabul kvotalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2023-yil 31-avgustda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari asosida chizilgan chiziqdan yuqoridagi nomzodlar tinglovchilikka tavsiya etiladi.

Tinglovchilikka tavsiya etilmagan, ammo kamida 30 ball to‘plagan nomzodlar MBA-global menejment va MBA-moliya mutaxassisliklarining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Guruhlarda 15 nafardan kam tinglovchi bo‘lmasligini inobatga olib, nomzodlar ta’lim tili bo‘yicha boshqa magistratura mutaxassisligi guruhlariga o‘tishi uchun 2023-yilning 7-sentyabridan 15-sentyabriga qadar murojaat qilishi mumkin. 

 

Qabul komissiyasi