• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Kasbiy faoliyatda, rahbarlik faoliyati va boshqaruv jarayonida notiqlik san’atining o‘rni va roli” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

2023-yil 15-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik maktabda oliy O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasining a’zosi, professor, Rahimboy Jumaniyozov “Kasbiy faoliyatda, rahbarlik faoliyati va boshqaruv jarayonida notiqlik san’atining o‘rni va roli”  mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bugungi kunda notiqlik san’ati katta ahamiyatga ega, chunki har bir inson to‘g‘ri va savodli yozish, o‘qish bilan birga chiroyli ravon so‘zlashish mahorati, nutqiy madaniyat va notiqlik san’ati sirlaridan xabardor bo‘lmog‘i lozimligi, sababli bugungi va ertangi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.

Tinglovchilar va soha mutaxassislari uchun ish faoliyatida notiqlik san’atining muhimligini, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida Oliy maktabda ushbu mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda ish faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san’atining o‘rni haqida mutaxassis tomonidan tushunchalar berildi, shuningdek kundalik ishlatadigan so‘zlarimizning mazmun mohiyatiga katta e’tibor qaratish to‘g‘risida takliflar berildi.

Qiziqarli o‘tgan mahorat darsi davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha barcha savollarga aniq javoblar oldilar.