• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish: muammo va amaliy yechimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, uni samarali boshqarish, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish hisoblanadi. Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar va katta o‘zgartirishlar  izchil amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda biznesni tashkil etishning innovatsion shakllaridan biri kichik va o‘rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlik hisoblanadi, tadbirkorlar esa bozor iqtisodiyotini rivojlantiruvchi activator deb ta’riflanadi.

Shu munosabat bilan tadbirkor va ishbilarmonlarning mahoratini oshirish, ularning ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini bartaraf etish maqsadida 2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish: muammo va amaliy yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur darsda Office Market, Deli va Dekos kompaniyalari hammuassisi, MFaktor loyihasi hammuallifi Hasan Mamasaidov va “Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasi mudiri, professor Dilmurod Suyunovlar tomonidan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning amaliy yechimlari haqida so‘z bordi.

Tadbirdan maqsad: Mamlakatimizda biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uni samarali boshqarish, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha zarur amaliy va nazariy ko‘nikmalarni o‘rgatish.

Ishtirokchilar bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy yo‘llari, sohada uchraydigan muammolar va ularning to‘g‘ri yechimini topish, shuningdek, rivojlangan kompaniyalar tajribalari haqida bafurja suhbat olib borlidi.