• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati Akademiyasi (RANXiGS) bilan hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Sharahmetov va Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi rektori A.Komissarov bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirish, akademik almashinuvni faollashtirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildilar.


 Uchrashuvning muhim natijasi “Menejment magistri” va “Biznes boshqaruvi (MBA)” mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma magistratura ta’limini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv bitimi imzolanishi bo‘lib, u nafaqat ikki muassasa o‘rtasidagi sheriklik doirasini kengaytiradi, shuningdek, aspirantura dasturlarini amalga oshirish va hamkorlikda ilmiy rahbarlik amaliyotini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

 Dastur professional o‘sish, yetakchilik va strategik fikrlashni rivojlantirishdan manfaatdor tadbirkorlar, yuqori darajadagi menejerlar, iqtisodiyot va sanoat sohasidagi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.   

 Ikki yillik o‘qish davomida tinglovchilar korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish va biznesni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini o‘zlashtiradilar, shuningdek, O‘zbekistondagi real keyslar va Rossiyadagi ilg‘or biznes amaliyotlari misolida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

 Bitiruvchilar, ushbu o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, bir vaqtning o‘zida Oliy maktabi va RANXiGS diplomlariga ega bo‘ladilar.  

Ma’lumot uchun: RANXiGS Rossiyadagi eng yirik oliy o‘quv yurti bo‘lib, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan. Akademiya Rossiya boylab 47 ta filialni oz ichiga oladi va turli xil talim dasturlarini taklif etadi.