• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Barqaror rivojlanishga erishish uchun loyiha boshqaruvi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida “Barqaror rivojlanishga erishish uchun loyiha boshqaruvi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda XMI vakillari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarini amalga oshirish guruhi, SES (Katta ekspert xizmati) eksperti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalarning asosiy yo'nalishi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi”, xodimlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni boshqarish misollarini ko‘rib chiqishga qaratildi. Eng katta munozara davra suhbatining ikkinchi qismida bo‘lib o‘tdi, unda loyiha ishlari va jarayonlarini amalga oshirish jarayonidagi asosiy muammolar va xatarlar hamda mahalliy aholining roli ko‘rib chiqildi.

Tadbirning asosiy mehmoni professor, Aalen universiteti (Germaniya), SES mutaxassisi Ulrix Holtsbaur bo‘lib, u loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘z tajribasi va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi va tavsiyalar berdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.