• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistrlariga tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2023-yiI 12-may kuni “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA), “Loyiha boshqaruvi (Project Management)” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruv marosimida Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va hodimlari, OAV vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.

Madaniy–ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. 

So’ng, marosimni Oliy maktab direktorining birinchi o’rinbosari Abdinazarov Bobur Kalandarovich  kirish so‘zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarni tabriklash uchun so‘z navbatini Oliy maktab Professor-o’qituvchilari oliy talim tizimida magistratura bosqichining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil to‘htalib o'tib, uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan 164 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat va kasbiy sohalarida omadlar tilashdi.Shundan so‘ng, magistrlarga tantanali ravishda diplom topshirildi. 

Bitiruvchilar va ularning ota-onalari Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlariga minnatdorchilik bildirib, ular uchun bu joy qadrli va hayotlarida muhim o‘rin tutgan ilm dargohi bo‘lib qolishini ta'kidladilar.

Marosim Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilari va faxriy mehmonlarining fotosessiyasi bilan nihoyasiga yetdi.

Oliy maktab nomidan barcha bitiruvchilarga professional muvaffaqiyatlar, martaba yutuqlari va farovonlik tilaymiz!