• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat savollari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-maydagi 304-qaror nizomi talablariga muvofiq 2024-yil 7-iyun kuni soat 16:00 da Oliy maktab binosida 13 nafar talabgorlarga 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilik uchun navbatdagi Kirish imtihoni bolib o‘tadi.

08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat savollari

 

 

  1. Dunyo iqtisodchi olimlari tomonidan “raqamli iqtisodiyot” tushunchasini “4-sanoat inqilobi” deya atayotganligining sababini izohlab bering.
  2. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari va salbiy tomonlari.
  3. Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari.
  4. Raqamli iqtisodiyotda makroiqtisodiy muammolar.
  5. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va uning istiqboldagi ko‘rinishi?
  6. Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha kadrlarga nimalarni bilishlari talab etiladi.
  7. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi.
  8. Raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga keladigan yangi kasb-professiyalar?
  9. Raqamli iqtisodiyot sharoitida Elektron hukumat.
  10. Raqamli iqtisodiyot sharoitida Big Data maʼlumotlar bazasini yaratish va rivojlanish tendensiyalari.
  11. Raqamli iqtisodiyotda taʼlim va taʼlim texnologiyalari.
  12. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat ishlab chiqarish.
  13. Raqamli iqtisodiyot sharoitida meditsina.
  14. Raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy soha.
  15. Raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo.
  16. Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm va servis.
  17. Raqamli iqtisodiyotning ilm-fanga taʼsiri.
  18. Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlik.
  19. Raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy xavfsizlik.
  20. Raqamli iqtisodiyot sharoitida siyosiy xavfsizlik.
  21. Raqamli iqtisodiyot sharoitida maʼnaviy xavfsizlik.
  22. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank-moliya sohasi.
  23. Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik.
  24. Raqamli iqtisodiyot sharoitida soliqlar va soliqqa tortish.
  25. Raqamli iqtisodiyot sharoitida menejment va marketing.
  26. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tannarxning o‘zgarishi.
  27. Raqamli iqtisodiyot sharoitida qiymatning yaratilishi.
  28. Raqamli iqtisodiyot sharoitida transport sohasi.
  29. Raqamli iqtisodiyot sharoitida monopoliya va unga qarshi kurashish masalalari.
  30. Raqamli iqtisodiyot sharoitida aholining ijtimoiy tabaqalanish darajasini pasaytirish muammolari.
  31. Raqamli iqtisodiyot sharoitida davlatlar o‘rtasida iqtisodiy tabaqalanishning kuchayishi.
  32. Raqamli iqtisodiyot sharoitida jamiyatning yo‘qotishi va yutuqlari.
  33. Raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot xavfsizligi.
  34. Raqamli iqtisodiyot sharoitida ishsizlik masalalari.
  35. Raqamli iqtisodiyotning ekologiyaga taʼsiri.
  36. Raqamli iqtisodiyotda biznes muhiti va internet savdo.
  37. Raqamli iqtisodiyotda “sunʼiy intellekt” tushunchasi va uning imkoniyatlari.
  38. Raqamli iqtisodiyotda rivojlanayotgan texnologiyalar.
  39. Onlayn biznes modeli.
  40. Aqliy tarkib va ijtimoiy biznes (Smart Contents and Social Business).
  41. Internet marketing strategiyasi (E-Marketing Strategy).
  42. Bulutli texnologiyalar.
  43. Raqamli almashinish (Digital Transformation) tushunchasiga izoh bering.
  44. Raqamli bo‘linish tushunchasiga izoh bering.
  45. Machine Learning tushunchasiga izoh bering.
  46. Smart factoring tushunchasiga izoh bering.
  47. Internet of Things tushunchasiga izoh bering.
  48. Data Mining tushunchasiga izoh bering.
  49. Robo-Advisors tushunchasiga izoh bering.
  50. Cloud Computing tushunchasiga izoh bering.
  51. Kriptovalyutalar bilan ishlash amaliyotini tushuntirib bering.
  52. Kriptovalyutalar emissiyasi va unga taʼsir etuvchi omillar.
  53. Kriptovalyutalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pozitsiyasi qanday?
  54. O‘zbekistonda bugungi kunda kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalar bilan qaysi tashkilot shug‘ullanadi?
  55. Bitkoinlar haqida tushuncha bering.
  56. Bitkoin savdosining rivojlanish tendensiyalari.
  57. Blokcheyn texnologiyasini qanday sohalarda qo‘llash mumkin?
  58. O‘zbekistonda kriptovalyutalardan foydalanishning institutsional asosi qanday?
  59. Blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va ularning iqtisodiyotga taʼsiri.
  60. Hozirda mashhur kriptovalyuta pullar: Bitcoin, Etherium, Ripple, IOTA, Bitcoin Cash, Stellar, Monero va Litecoinlar haqida maʼlumot bering.
  61. Kriptobirjalar haqida tushuncha bering. Bugunda faoliyat olib borayotgan qanday kriptobirjalarni bilasiz?
  62. Raqamli valyutalar haqida nimalarni bilasiz?
  63. Kriptovalyutalardan foydalanishda qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Uni moliyaviy piramidadan farqli jihatlari nimada?
  64. Kriptovalyutalarning afzalliklari va noqulayliklari haqida so‘zlab bering.
  65. Blokcheyn texnologiyasini ishonchliligini asoslab bering.
  66. Blokcheynda tarmoq xavfsizligi qanday taʼminlanadi?
  67. Dunyo bo‘yicha internet xizmatlarining egasi kimlar? Ular kim tomonidan nazorat qilinadi.
  68. Kriptovalyutalarning mamlakat iqtisodiyotining investitsion jozibadorligiga taʼsiri?
  69. Kriptovalyutalarni rasmiy joriy qilinishi mamlakat iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin?
  70. Kriptovalyutalardan foydalanish muammolari.
  71. Bank axborot texnologiyalari.
  72. Vizual va kommunikatsion bank texnologiyalari.
  73. Elektron bank texnologiyalari.
  74. Tijorat banklari mijozlarining kredit to‘loviga layoqatliligini baholashda qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  75. Bank tizimida blok-cheyn texnologiyalaridan foydalanish
  76. Tijorat banklari faoliyatida “Ulkan maʼlumotlar” texnologiyasidan foydalanish.
  77. Internet-banking texnologiyalari.
  78. Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  79. Byudjet tizimida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  80. Soliq tizimida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  81. Valyuta savdosida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  82. Milliy to‘lov tizimida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  83. Xalqaro to‘lov tizimlarida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar.
  84. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot” to‘g‘risidagi farmon va qarorlaridagi belgilangan vazifalar, ularning mazmuni va mohiyati.