• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

OLIY BIZNES MAKTABI VA ADJU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA MAGISTRATURA «IT BUSINESS” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA “IKKI DIPLOM” (DUAL DEGREE) XALQARO DASTURIGA 2022-2023 O‘QUV YILI UCHUN QABUL YAKUNIGA YETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda – Oliy maktab) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 10-oktabrdagi № 02/1-765 sonli topshirig‘iga muvofiq Janubiy Koreya Respublikasining Adju Universiteti bilan hamkorlikda 2022-2023 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisligi “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga to‘lov-kontrakt asosida quyidagi taʼlim shakliga qabul 2022-yil 10-noyabrga qadar davom etmoqda.

Qo‘shma taʼlim dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘qitishning 1 va 2-semestrlari Oliy biznes maktab binosida (O‘zbekiston), 3 va 4-semestrlari (4-semestr 1 oy) Adju universiteti hududida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma taʼlim modelining (dual degree) bir yillik o‘qitish narxi 4 ming AQSH dollari.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga rasmiy veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
  • oliy yoki bakalavriat bo‘yicha maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
  • 086-U shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma;
  • Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa yoki o‘qishga kirgandan keyin ikki oy davomida).

“Ikki diplom” (dual degree) modeli asosidagi magistraturaga kirish istagini bildirgan davlat va xo‘jalik subʼektlaridan tashqari ochiq tanlov asosida ham (birinchi rahbarning imzosisiz, tavfsiya xatisiz) nomzodlar komissiyaga va veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga tegishli hujjatlarning nusxalarini topshirishi mumkin.

Agarda nomzodlar ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada ingliz tilini bilishi va tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lsa, test sinovlaridan ozod etiladi. Oliy taʼlim muassasalarini ingliz tilida bitirgan nomzodlar davlat test markazida ingliz tilidan test topshiradilar.

Magistraturaga kirish Komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlar bilan suhbat va test markazi tomonidan ingliz tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2022-yil 10-dekabr soat 18:00 gacha amalga oshiriladi.

         Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

Suhbat 2022-yil 12-noyabr kuni soat  9:00 dan 18:00 gacha, Ingliz tilining bilish darajasi bo‘yicha  test sinovlari esa 2022-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda ushbu havola orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

         Batafsil maʼlumot: +99871-239-03-02, +998-97-773-05-55; +99871-239-03-03.

         Veb-sayt: https://rgsbm.uz

         Telegram: t.me/rgsbm_uz

         Instagram: instagram.com/gsbe.uz

         Facebook: fb.com/rgsbm.uz

         Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.