• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Muvaffaqiyatli karera uchun ikki diplom!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati Akademiyasi  (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2024/2025 o‘quv yili uchun “ikki diplom” qo‘shma dasturi asosida “Menejment magistri” va “Biznesni boshqarish (MBA) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul e’lon qilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati Akademiyasi  (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2024/2025 o‘quv yili uchun “ikki diplom” qo‘shma dasturi asosida “Menejment magistri” va “Biznesni boshqarish (MBA) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul e’lon qilmoqda:

Ta’lim sirtqi shaklda bo‘lib, rus tilida olib boriladi. Birinchi o‘quv yili (1, 2 va 3-semestrlar) O‘zbekistonda, ikkinchi o‘quv yili (4-semestr) Rossiya Federatsiyasida davom etadi. Dastur yakunida tinglovchilar Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining «Menejment magistri» va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish (MBA) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” magistri diplomlarini oladilar. Qo‘shma ta’lim dasturining (ikki diplom) bir yillik o‘qitish qiymati 2,0 ming AQSH dollari miqdorida belgilangan.

Magistraturaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktab direktori nomiga ariza bilan quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadilar:

- o‘qitish xarajatlarini qoplab beradigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining birinchi rahbarlari imzosi qo‘yilgan o‘qitish uchun kafolat xati;

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning (ilovasi bilan) va xorijga chiqish pasportining asl nusxalari, shuningdek, ushbu hujjatlarning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;

- ID karta nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

-  rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi  B2 dan kam bo‘lmagan xalqaro sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati - 2024-yilning 10-oktyabrdan 8-noyabrgacha (shu kuni soat 18.00 ga qadar);

Qabul komissiyasining ishlash jadvali: dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Ma’lumot uchun: Telefonlar: +99871 239-03-23, +99871 239-03-02;