• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Germaniya tajribasi bilan tanishmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari uchun Germaniyaning Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti hamda Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligining (BMWK) “Partnering in Business with Germany” dasturiga tanlov e’lon qiladi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston korxonalarining xalqaro bozorlarga chiqishi, menejerlarining tashqi savdo sohasida malaka va bilimlarini oshirish, xalqaro dasturlar asosida iqtisodiy hamkorliklar hamda eng so‘nggi texnologiyalar va xizmatlar bilan tanishtirish, nemis mahsulotlari tizimlarini namoyish etadigan ishlab chiqaruvchilar va maslahatchilar bilan uchrashishdan iborat.

O‘quv dasturlari ushbu yo‘nalishlarda olib boriladi:
Green technology (Yashil texnologiyalar)
Smart farming (Zamonaviy fermerlik)
Healthcare Industry (Sog‘liqni saqlash)
Mining and raw materials (Konchilik va hom ashyo)

Dastur ishtirokchilarga quyidagilarni taklif qiladi:

Muvaffaqiyatli Germaniya korxonalari tajribasi bilan tanishish;
Potensial biznes hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;
Xalqaro biznes hamjamiyatlariga kirish, shu jumladan Germaniyadagi tadbirkorlar uyushmalari va assotsiatsiyalariga, shuningdek, dasturning 17 hamkor davlatidan 19 000 dan ortiq bitiruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.

Dastur bosqichlari:
tayyorlov bosqichi (ariza, skrinning, suhbat)
2 hafta onlayn trening (2 kuni oflayn workshop)
6 hafta onlayn trening
Germaniyada 2 haftalik trening

Asosiy talablar:
Rahbar lavozimda kamida 2 yillik tajriba;
Ingliz tilini mukammal bilish;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish
Nomzod nemis kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan kompaniya vakili va biznes loyihalari bo‘yicha aniq g‘oyalarga ega bo‘lishi;
Yuqori muloqot va namoyish etish qobiliyatlari.

Mazkur dasturning o‘qish va yashash xarajatlari Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi (BMWK) tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Ariza shakli Application formni to'ldiring va ko'rsatilgan greenoffice@rgsbm.uz elektron pochta manzillariga yuboring!

Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun telegram: @diyora2070