• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamlashtirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti direktori A.Kadirov bilan Biznes va tadbirkorlik maktabining Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi xodimlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda sun’iy intellektni rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, sun’iy intellektni iqtisodiyotga tatbiq etish borasidagi ishlar, mazkur texnologiyalar bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish hamda sun’iy intellektni iqtisodiyot sohalariga jadal joriy etish borasida tomonlar o‘rtasida hamkorlikda qilinadigan masalalarni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv boshida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti vakillariga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining faoliyatiga oid ma’lumotlar berilib, Oliy maktabning asosiy vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. 

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti direktori A.Kadirov tomonidan Ilmiy tadqiqot instituti tomonidan sun’iy intellektni rivojlantirish va bu borada iqtisodiyotga tatbiq etish borasidagi olib borilayotgan ishlar hamda sun’iy intellektni qo‘llagan holda ishlab chiqilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil taqdimot qilindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan muloqot davomida Oliy maktab va Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida birgalikda sun’iy intellektni rivojlantirish borasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish, yoshlarni, tadbirkorlik subyektlarini sun’iy intellekt bilan bog‘liq texnologiyalar asosida biznes loyihalarni amalga oshirishga jalb etish hamda ushbu yo‘nalishga doir iqtisodiyotdagi dolzarb masalalar va muammolar to‘g‘risida muhokamalarni tashkil etishga kelishib olindi.