• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Busines start-up “Delicious emotion” loyihasi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Moliya-MBА magistratura mutaxassisligi tinglovchilari tomonidan “Business English” fan dasturi asosida yangi zamonaviy talqinda biznes start-up “Delicious emotion” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu taqdimotda taomlanish dargohining innovatsion loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida toamni iste’mol qilib, ruhiy kechinmalaringizdan kelib chiqqan holda vaqtingizni samarali o‘tkazish imkoniyatidan foydalanish mumkin bo‘lgan loyiha taklif etilgan. Bugungi kunda bunday ko‘rinishdagi taomlanish maskani loyihalari mamlakatimizda qo‘llanilmagan.

Oliy maktab o‘quv dargohida doim kreativ yondashuv orqali turli qiziqarli mavzularga oid yangi talqindagi qarashlar va yangi start-up loyihalari o‘rgatilib borish bilan bir qatorda ularni amalga oshirilishiga ko’mak berib boriladi.

Har bir tinglovchiga alohida yondashuv qaratilib, hamda tinglovchining qobiliyatiga qarab kreativ biznes tamoyillari orqali qobiliyati mustahkamlanib yangi g‘oyalar yaratiladi.