• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik otiy maktabining magistraturasiga 2023/2024-o‘quv yili uchun nomzodlar bilan test yakunlari bo‘yicha to‘plagan ballari asosida qabul komissiyasining, 2023 yil 20 fevraldagi 1- sonli bayonnomasiga asosan:
70411301– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (Biznes innovasiyalar va tadbirkorlik) hamda,
• 70410901 – Kapital bozori va birja ishi magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatda chizilgan chiziqdan yuqoridagi nomzodlar tinglovchilikka tavsiya etadi.
Ushbu nomzodlarning 24 fevraldan boshlab 2023 /2024-o‘quv yiliga o‘qish uchun to‘lov shartnomasini quyidagi elektron ilova http://contracts.gsbe.uz/masters-form orqali rasmiylashtirishlarini so‘raymiz.

Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etilgan ayollar va qizlar, kontrakt pullarini byudjetdan yopish uchun Oliy maktab direktoriga 2023 yilning 3 martgacha Ariza yozishlari so‘raladi.