• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BARCHA NOMZODLAR DIQQATIGA E’LON!!!

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabulning ikkinchi bosqichi 2023-yil 31-avgust kuni soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari Oliy o‘quv yurtlari aro sport majmuasida (Toshkent shahri 3-Niyozbek yo‘li ko‘chasi 57-uy) bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

 

Test sinovlariga tavsiya qilingan barcha nomzodlarni 2023-yil 31-avgust kuni soat 09:00 da ID-karta yoki passport bilan kelishlaringizni so‘raymiz.

Qabul komissiyasi