• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mustaqil izlanuvchilik (DSc, PhD) uchun qabul e’loni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2025-yil uchun

08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixstisosligi

08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixstisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul e’lon qiladi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjatlar 2024-yil 10-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Innovatsion rivojlanish agentligi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.

Bog‘lanish uchun telefon: (71) 239-03-17.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul qilish uchun hujjatlar ro‘yxati:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  • magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diploma yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diploma nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

Eslatma: Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

  • magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
  • belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.