
O’quv kursi metodologik xodimlar, kotibiyat, kanselariya va boshqalar, hamda, boshqaruvning samaradorligini oshirish maqsadida yuqori darajadagi yozma hujjatlarni tayyorlashga duch keladigan tadbirkorlar uchun mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi – turli xil muhimlik darajasidagi yozma hujjatlarni tayyorlashda metodologik yondashuv va tayyor yozma hujjatlarni audit tekshiruvidan o’tqazishni o’rganish
O’quv kursi vazifalari:
- Samarli ish yozishmalarining asoslarini o’rganish;
- Turli xil hujjatlarni (hisobot, eslatma, buyruq, ariza va boshqalar) tayyoralash va shakllantirishga yondashuvni o’rganishga yordam berish;
- Yozma hujjatlarni tuzilishini shakllantirish;
- Yozma hujjatlarni qabul qiluvchilar nuqtai nazaridan tahlil qilishni o’rganish;
- Yozma hujjatlarni to’g’ri tahlil qilishni o’rganishda yordam berish;
- Yozma hujjatlarni turli xil madaniyat egalariga tayyorlashning asosiy xususiyatlarini shakllantirish.
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Ish xatlarini tayyorlashda maqsadli, tartibli hamda mantiqiy yondashuv. Ish xatlari tarkibiy qismlari. Ish xatlari turlari. Xatni shakllantirishning asoslari.
- Hujjatlarni shakllantirish. Ish matnlarini shakllantirish, tahrirlashning asoslari.
- Elektron aloqa. Chet el hamkorlar uchun xat tayyorlashning asosalari.
O’quv kursi yakunlangach, bitiruvchilar turli xil darajadagi ustuvor va shoshilinch bo’lgan yozma hujjatlarni tayyorlashning asosiy usullari va omillarini; hujjat tayyorlashda uning tuzilishini va grammatikasini; chet el hamkorlar bilan yozma hujjatlar aylanmasining asoslarini; yozma hujjatlarni to’g’ri tuzish, talqin qilish va tahlil qilishni; turli xil iqtisodiy – huquqiy subyektlar (O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan birgalikda) bilan yozma aloqalarni olib borish; yozma hujjatlarni shakllantirish, tayyorlash hamda auditor tekshiruvidan o’tqazish uchun kerakli bilimlarni egallaydilar.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 20 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun
Davomiylik: har kuni 09:30 dan 12:30 gacha
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili
Tinglovchilar soni: 16-20 ta
O’quv kursi narxiga kofe-breyk ham kiradi.
Narxi: 1 200 000 so’m