“AHOLINING TADBIRKORLIKKA QIZIQISHI BO’LGAN QATLAMI UCHUN TADBIRKORLIK KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH”
mavzusidagi o‘quv kursining
O’QUV DASTURI
O’quv kursi aholining tabirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlami va endigina faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun.
O’quv kursining maqsadi aholining tabirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamida hamda tadbirkorlarda biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va boyitish hisoblanadi.
O’quv kursi vazifalari:
- tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari bilan tanishtirish;
- davlat va korporativ xaridlarda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirok etish tartibini o‘rgatish;
- biznes-reja ko‘rsatkichlarining ishonchliligini baholashni o‘rgatish;
- tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda hisobvaraqlarni ochish va ularni yuritish tartibi bilan tanishtirish;
- tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti bilan tanishtirish;
- tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyotini o‘rgatish;
- tadbirkorlik subyektlarining eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini o‘rgatish;
- tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish va ular faoliyatini sug‘urtalash amaliyoti bilan tanishtirish.
O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari;
- Xom-ashyo va resurslardan foydalanish huquqini olish. Davlat va korporativ xaridlarda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirok etish tartibi;
- Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi;
- Tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda hisobvaraqlarni ochish va ularni yuritish tartibi;
- Biznes-rejadagi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini baholash;
- Tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish;
- Tadbirkorlik sub’ektlarini banklar tomonidan kreditlash;
- Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
- Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish;
- Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda sug‘urta turlarining ahamiyati.
O’quv shakli kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda
O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 20-25 ta