Texnologiyalar transferi innovatsion salohiyatini rivojlantirishning asosi
2024-yil 5-6-noyabr kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Innovatsion biznes va startaplarni rivojlantirishda texnologiyalar transferi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilib, unda Koreyalik ekspert va Oliy maktabning Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi mutaxassislari tomonidan davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, tarmoq birlashmalari, innovatsion infratuzilma subyektlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Seminarda ishtirokchilar texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlashning milliy tizimi, texnologiyalar transferining zarurati va maqsadlari hamda O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi texnologiyalar va ishlanmalarni turli tarmoqlarga joriy etish borasidagi islohotlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Seminar davomida ekspertlar tadbir ishtirokchilariga ilmiy va ta’lim muassasalarida hamda innovatsion infratuzilma subyektlarida texnologiyalar transferini rivojlantirish tizimini takomillashtirish, ilm-fan va biznes o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratish hamda respublikamizda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni berdilar.