Yangiliklar

Innovatsion biznesda texnologik transfer mavzusida amaliy seminar

Respublikamizda tadbirkorlik subyektlari tomonidan innovatsion ishlanmalar, yangi texnologiyalar va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2024-yil 5-6-noyabr kunlari “Innovatsion biznes va startaplarni rivojlantirishda texnologiyalar transferi” mavzusida ikki kunlik seminar tashkil etmoqda.

Seminardan maqsad innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlari va innovatsion ishlanmalarga oid texnologik transferni keng qo‘llashning amaliy jihatlarini o‘rganishdan iborat.

Tadbirda Koreyalik ekspert va mahalliy mutaxassislar tomonidan mavzuga oid taqdimot, ma’ruza hamda muhokamalar o‘tkaziladi.

Seminarda ishtirok etish uchun 2024-yil 4-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish.

Ishtirokchilar soni cheklangan.

Sanasi: 5-6-noyabr

Vaqti: 09-30 – 13-00

Telefon: +99871 239-03-27

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-A.