• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MASTER-KLASS: JANUBIY KOREYA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Avval xabar berganimizdek, UNESCO/UNITWIN ta’lim dasturi doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor-o’qituvchilar tomonidan maxsus seminar-trening va master-klasslar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, bugun Oliy maktabning “Kapital bozori va birja ishi”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish”, “Biznesni boshqarish” (MBA) va “Loyiha boshqaruvi” (PM) magistratura mutaxassisliklari tinglovchilari uchun “Janubiy Koreya iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi ilk master-klass bo’lib o’tdi. Master-klassning spikeri sifatida Janubiy Koreyaning sobiq moliya va sanoat, savdo va resurslar vaziri - doktor Jae Yong Park ishtirok etdi.   

Master-klass Janubiy Koreya iqtisodiyotining rivojlanish tarixi va undagi muhim omillar, uning hozirgi kundagi rivojlanish strategiyasi va amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar kabi mavzularni o’z ichiga oldi. Tadbir tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi va uning so’ngida ular o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.