OLIY MAKTABDA MAGISTRLARGA TANTANALI DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI O'TKAZILDI
2021 yil 10 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida (keyingi o’rinlarda – Oliy maktab), “Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)” mutaxassisligi bo'yicha 2019-2021 o'quv yili yozgi qabul bitiruvchilariga magistrlik diplomini topshirish maqsadida, karantin qoidalarini inobatga olgan holda, tantanali madaniy–ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligidan mehmonlar, Oliy maktab rahbariyati, turli yillarda o'qib ketgan bitiruvchilar, professor-o'qituvchilar va hodimlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Madaniy–ma'rifiy tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Marosimni Oliy matab direktori - Ilhom O'rinboyevich kirish so'zi bilan ochib berdi va so’ngra bitiruvchilarni tabriklash uchun so'z navbati O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari – Ilhom Ibrohimovichga berildi.
O’z navbatida Ilhom Ibrohimovich oliy ta'lim tizimida magistratura bosqichining o'rni va ahamiyati haqida batafsil to'htalib o'tib, uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo'lini bosib o'tgan 59 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqichlardan biri yakunlanganligi bilan tabriklab, yangilanayotgan O'zbekistonning yanada rivojlanishiga xissa qo'shishlarida barchalariga ulkan zafarlar tiladi.
Tadbir magistratura bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish va Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilari, bitiruvchilari va faxriy mehmonlarning fotosessiyasi bilan yakunlandi.