Yangiliklar

18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

29 yil davomida davlat bayrog'i mamlakatimiz va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik va hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi.