• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA MY.GOV.UZ PORTALINING «HAYOTIY VAZIYATLAR» BO'LIMI TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI.

2020-yil 13-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) yagona interaktiv davlat xizmatlari portali «Hayotiy vaziyatlar» bo'limining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentiligi qoshidagi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, BMT taraqqiyot dasturi (keyingi o'rinlarda–BMTTD) va Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Matbuot anjumanida my.gov.uz portalida ishga tushirilgan «Hayotiy vaziyatlar» bo'limda hayotiy vaziyatlar tematik bloklariga guruhlangan ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar taqdimoti o'tkazildi,

Xozirgi vaqtda bo'lim 7 hayotiy vaziyatni o'z ichiga oladi: farzand tug'ilishi, mehnat munosabatlari, oila qurish va oilani tugatish, pensiya rasmiylashtirish va uni olish, yashash joyida propiska qilish va ro'yxatdan o'tish, ta'lim, nogironlarning ijtimoiy himoyasi.

Matbuot anjumanida BMTTD loyihasi koordinatori - Bunyod Xashimxodjaev, «hayotiy vaziyatlar» printsipi asosida davlat xizmatlarini taqdim etishni soddalashtirish bo'yicha taqdimot qildi. O'zbekiston axolisi tomonidan eng talabga ega bo'lgan hayotiy vaziyatlardan iborat mazkur bo'lim xalqaro tajribadan kelib chiqqan xolda hamda foydalanuvchilar tomonidan taklif etilgan ommaviy xizmatlar reytingi tahlillari asosida ishlab chiqilganligi ta'kidlab o'tildi. Mazkur bo'limning ishga tushirilishi arizachi muammosini turli vazirlik va idoralarga murojaat qilish kabi alohida qismlarga ajratmasdan yaxlit tarzda hal qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari matbuot brifingida my.gov.uz saytida «hayotiy vaziyatlar» bo'limini yaratish bo'yicha mutaxassislarning bajargan ishlari haqida umumiy xisobotlari taqdim etildi.

«Hayotiy vaziyatlar» bo'limini yaratish bo'yicha ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentiligi va BMTTDning hamkorlikdagi «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformasiyani rivojlantirishga ko'maklashish» loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko'magida amalga oshirildi.

Taqdimot yakunlanganidan so'ng, tashkilotchilar ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga javob taqdim qilishdi.