• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«COVID-19 BANK FAOLIYATINING INQIROZIGA OLIB KELADIMI? »

Sizni «COVID-19 BANK FAOLIYATINING INQIROZIGA OLIB KELADIMI? » mavzusidagi Qirollik biznes maktabi (Kings Business School) professori Leone Leonida bilan bo'lib o'tadigan masofaviy intervyuga taklif etamiz.

Hozirgi vaqtda professor Leone Leonidaning ilmiy-tadqiqot izlanishlari bank inqirozi tizimini prognoz qilishda erta ogohlantirish, shuningdek firmaning korporativ investitsiyalari va kapital tuzilmasini o'rganishdan iborat.

U Qirollik kolledjining  «Bank ishi va moliya» va «Iqtisodiyot va moliya» magistratura mutaxassisliklarining dasturiy direktoridir. Uning ilmiy maqolalari 50 dan ortiq iqtisodiy va moliyaviy nashrlarda, xususan “Biznes etikasi, bandlik va jamiyat ”, “Bank ishi va moliya”, “Xayot fizikasi sharhi”, “Empirik moliya”, “Amaliy ekonometrika”, “Global”, “Strategiya”, “Iqtisodiy yozishmalar”, “Moliyaviy tahlilning xalqaro sharhi”, Oksfordning iqtisodiyot, statistika va empirik iqtisodiyot axborotnomasi kabilarda chop etilgan.

Ma'lumot uchun:

QS World University Rankings 2020 reytingiga ko'ra Londonning Qirollik kolledji Buyuk Britaniyada 7 – o'rinni va Angliyaning eng qadimiy universitetlari orasida 4 – o'rinni egallagan. U xalqaro darajadagi ta'lim va ilmiy ishlar maskani bo'lib, 84% ilmiy ishlari “dunyoda yetakchi” hisoblanadi. Universitetning umumiy yillik  daromadi 778 million funt sterlingni tashkil qiladi.

Sana: 4 iyun (payshanba)

Boshlanish vaqti: 15-00

Intervyu tili: Ingliz

Intervyu platformasi: Zoom

Intervyu havolasi: https://bit.ly/RGSBM_05