• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Biznesni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammolar va zamonaviy yechimlar”

Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida “Biznesni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammolar va zamonaviy yechimlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Mansur Ergashev, Ravshan Rashidov, Raxmatxon Berdiyarov hamda sudya katta yordamchisi Ozodaxon Zaynieva ishtirok etishdi.

Hozirda biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar tomondan qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydigan xatolar yo‘l qo‘yilmoqda, shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan ushbu mahorat darsida biznesni rivojlantirishda qonunda belgilangan yo‘llardan foydalanish mavzusi ko‘tarildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uchrayotgan muammolar chuqur ko‘rib chiqildi, shuningdek, ushbu muammolarni zamonaviy yechimlarini qayd etib o‘tildi, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan ishlash uchun qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazmunli va konstruktiv muloqot yakunida tinglovchilar faoliyatlarida uchragan to‘siqlarni bayon qilishdi va iqtisodiy sudlov hay’ati sudyalari tomonidan to‘liq javob oldilar.