• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YUJI AKABA OLIY MAKTABDA MAHORAT-DARSINI O'TKAZDI

2020 yil 21 yanvar kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida «Kompaniyani boshqarishning innovatsion usullari» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Ma'ruzachi sifatida, loyiha va korporativ boshqaruv bo'yicha ekspert, - Infinity Blockchain Holdings Pte Ltd asoschisi- janob Yuji Akaba taklif qilindi.

O'z nutqida globallashuv va ilmiy-texnologik rivojlanish sharoitida Kompaniyani boshqarishning zamonaviy usullari haqida so'zlab berdi. Ya'ni, butun kompaniya uchun keng qamrovdagi strategik maqsad bo'lishi kerakligi, ommalashgan raqobat sharoitida yangi biznes strategiyalari va boshlang'ichlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tanlangan yangi strategiyaga mos keladigan kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini qayta ko'rib chiqish, samarali jamoani yaratish, xodimlarning malakasini oshirish va jamoaviy ishlash orqali eng yaxshi moliyaviy ko'rsatkichlarga erishish.

Uning fikriga ko'ra, innovatsiyalarni boshqarishning eng muhim tamoyillaridan biri bu-kompaniyadagi barcha xodimlar tomonidan keng ma'qullanadigan ilg’or maqsad va missiyadir.

Dunyo yangiliklari va ilg'or tajribalaridan keng foydalanib, «zamon bilan hamnafas» bo’lib ishlash lozimligini ta’kidlab o’tdi – janob Yuji Akaba.

Jahon miqyosidagi venchur biznesni boshlash, rivojlantirish va qurishni istagan barcha ishtirokchilar bilan amaliy maslahatlar bilan o’rtoqlashdi.

Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, davlat boshqaruvi tizimida blokcheyn texnologiyasini joriy etish, raqamli iqtisodiyot keng targ’ib qilish, uni amalga oshirish bosqichlari, foydalanish sohalari, chunki bu texnologiya O'zbekistonda barcha sohalarda islohotlarni jadallashtirishga yordam berishi xaqida tajriba bilan almashdi. Shuningdek, uning fikriga ko'ra, blokcheyn-tarmog’I va sanoati mexanizmini ishlab chiqish uchun mamlakatimizning ilmiy va tadqiqot muassasalarida ushbu yo'nalishda ta'lim tizimini joriy etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar qiziq bo’lgan ko'plab yangi ma'lumotlar bilib olishdi va albatta, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Ma’lumot uchun:

Yuji Akaba -Infinity Blockchain Holdings Pte Ltd (Singapur) xamkori va maslahatchisi, Breakthrough Partners (Yaponiya) boshqaruvchi direktori. 14 yildan ortiq vaqt davomida McKinsey & Company kompaniyasida ishlagan, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Indoneziyaning etakchi kompaniyalari uchun innovatsiyalarni joriy etish strategiyasini ishlab chiqgan. Bundan tashqari, Yaponiya hukumatiga Yaponiyada yuqori texnologiyali startaplarni rivojlantirish bo'yicha siyosat va harakatlar dasturini ishlab chiqishda yordam berib keladi.