• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hamda elektron hukumatga oid elementlarni rivojlantirish, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizni yaqin istiqbolidagi taraqqiyot rejasidan katta o‘rin egallagan. Davlat boshqaruvida va davlat xizmatlarida bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar, shuningdek, elektron hujjat almashish usullari joriy etib kelinmoqda.

Raqamli texnologiyalar davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni kamaytirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi, shu bilan birga, fuqarolarni ishlarini yanada tezroq va osonroq yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratadi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tinglovchilari hamda xodimlari uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yirik mutaxassis, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent Karaxanov Abdug‘ani Mamatovich, “Biznesni boshqarish (MBA)” va “Raqamli iqtisodiyot” kafedralari mudirlari professor Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, professor Kenjabayev Aman Turgunovichlar tomonidan Oliy maktabda navbatdagi master klass tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni boshqarish hamda rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammo va xatarlar, ularning yechimini topish yo‘llari, bu sohadagi ilg‘or mamlakatlar tajribasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanishni usullari, kamchiliklari va hozirda ularni ahamiyati haqida so‘z olib borildi, albatta bular davlat xizmatlarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Yeg‘ilish yakunida tinglovchilar va mutaxassislar o‘rtasida savol javoblar bo‘lib otdi, qatnashchilar ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.