• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Old Dominion Universiteti bilan Virtual tadbirkorlar jamoasining Xalqaro loyihasi

2021 yil 30-apreldan 3-maygacha ZOOM platformasida Xalqaro tadbirkorlik virtual jamoasi Loyihasi (International Entrepreneurship Virtual Team Project) nomi ostida tadbirkorlik bo'yicha ixtisoslashtirilgan maxsus xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir Old Dominion Universiteti (AQSh), Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (O'zbekiston), Evroosiyo Innovatsion universiteti (Qozog'iston), Toshkent davlat iqtisodiyet universiteti (O'zbekiston) va Ostona xalqaro universiteti (Qozog'iston) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbirning maqsadi - kelajakdagi tovar va xizmatlarni yaratish, loyihalarni amalga oshirish, baholash, madaniyatlararo jamoalarda ishlash va tashqi bozorlarga chiqish strategiyasini ishlab chiqish, real vaqt sharoitida asinxron ishlash imkoniyatlarini ochish va aloqa vositalaridan keng foydalanish

Loyihada Old Dominion universiteti Innovatsion tashabbuslar bo'yicha direktori  - Marti Kaszubovski (Marty Kaszubowski), Old Dominion universiteti menejment kafedrasi professori - Robert J. Pidduk (Robert J. Pidduck), Innovatsion Evroosiyo universiteti birinchi prorektori - Anastasiya Aliyasova Oliy maktab direktorning innovatsiyalar, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar masalalari bo'yicha o'rinbosari - Baxrom Xolbayev, Ostona xalqaro universiteti (AIU) vakillari, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti rahbariyati, talabalar, magistrantlar, loyiha ishtirokchilari doktorantlari, startaplar rahbarlari, o'qituvchilar va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbirning birinchi kunida, Old Dominion universiteti menejment kafedrasi professori - Robert J.Pidduk o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, yangi korxonalarning dunyo miqyosidagi xalqaro darajaga chiqish sir asrorlari, jahon bozoriga kirish majburiyatlari/afzalliklari haqida so'zlab, ishtirokchilarni jamoalarga bo'lib, o'z loyihalarni internatsionallashtirish rejasini ishlab chiqish uchun tegishli vazifa berdi.

So'ngra, ikki kun davomida ishtirokchilar masofaviy tarzda xalqaro miqyosdagi biznes g'oyalarini muhokama qilishdi va o'z jamoalardagi loyiha ustida ish olib borishdi. Ishtirokchilar 5 jamoaga bo'linib, har bir guruhda bir 1 nafardan oliygox vakili (talaba) qatnashishdi. Ushbu loyihada Oliy maktabdan “Loyiha boshqaruvi” mutaxassisligi bo'yicha magistratura tinglovchialari ishtirok etishdi.

So'nggi kuni barcha jamoalar o'zlarining startap-loyihalarini taqdimot shaklida taqdim etdilar va ushbu loyihaning o'qituvchilari va mentorlari tomonidan (murabbiy) baholanishdi va kerakli fikr-mulohazalar bildirishdi. Ushbu ixtisoslashtirilgan seminar ishtirokchilarga xalqaro tadbirkorlik va uning COVID dan keyingi voqelikdagi ishtiroki bilan tanishish imkoniyatini berdi.

Tadbir yakunida, Old Dominion universiteti rahbariyati va murabbiy-o'qituvchilari Oliy maktab magistratura tinglovichlarining bilim darajasini yuqori baholab, faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Ta'kidlash joizki, mazkur tadbir oliy maktab va Old Dominion universiteti o'rtasida, yaqinda imzolangan xalqaro anglashuv memorandumi doirasidagi vazifalarni amalga oshirishda muhim qadam bo'ldi.